Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

"Mirzo Ulug‘bek" mahallasida Ichki ishlar organi bog‘i barpo qilindi

×

 2023-11-30 13:51:02    2358

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona shahridagi bo‘sh turgan yer maydonlariga ishlov berilib, turli boshqarmalar, bo‘limlar hamda yoshlar, ijodkorlar, ustozlar bog‘lari bunyod etilmoqda. Quvonarlisi, mazkur bollaring bunyod etilishida aynan shu boshqarma va bo‘limlarning ishchi xodimlari faol ishtirok etishmoqda.


Jumladan, Farg‘ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari ham umummilliy harakat doirasida "Mirzo Ulug‘bek" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bog‘ yaratdilar. Bo‘sh yer maydoni shudgorlanib, ko‘chat ekish uchun hozirlandi. 


Ichki ishlar organi bog‘iga ilk ko‘chatlarni ekish tadbirida Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov,  IIB FMB boshlig‘i Anvarjon Mirzayev, boshqarma xodimlari, mahalla fuqarolari ishtirok etishdi. 


Shu kuni bog‘ va unga yaqin bo‘lgan hududlarga 300 tupga yaqin mevali va manzarali daraxt hamda gul ko‘chatlari ekildi.