Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Navbatdagi sayyor qabul 4-sektor hududida o‘tkazildi

×

 2023-11-23 19:57:03    1636

PDF yuklash
Chop etish


Bugun shahar hokimligi tomonidan tashkillangan sayyor qabulda Farg‘ona shahar hokimi o‘rinbosari Dilshodaxon Xolmatova, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining shahar bo‘limi mudiri Tavakkaljon Rahimov hamda sektor kotiblari ishtirok etishdi.


Farg‘ona shahridagi 4-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining faollar zalida o‘ttiz nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari mas’ul rahbarlar ishtirokida o‘rganildi. O‘n nafarga yaqin  fuqarolarning murojaatlar ijobiy hal qilindi.


Kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish va natijasi bo‘yicha mualliflarga ma’lum qilish uchun masalaga daxldor xodimlar, korxona, tashkilot va bo‘limlarga tegishli topshiriqlar berildi. Qabul so‘ngida yuridik va jismoniy shaxslardan tushgan murojaatlarning o‘rganilganlik holati hamda ijobiy hal etilishi bo‘yicha tanqidiy tahlil qilindi.