Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

×

 2023-11-22 14:27:38    1634

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona shahar hokimining tegishli qarori bilan Baxtiyorov Jahongir Baxtiyorjon o‘g‘li Farg‘ona shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.


Jahongir Baxtiyorov 1989 yilda Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. 2011 yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi servis, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish.


2011-2013 yillarda Farg‘ona viloyat “Suvoqava” ishlab chiqarish davlat boshqarmasi mijozlar bo‘limi  hisobchisi, muhandis-texnolog, muhandis-metrologi, 2013-2015 yillarda Farg‘ona shahar hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari yetakchi mutaxassisi, 2015-2016 yillarda Farg‘ona viloyati dexqon bozorlari va savdo komplekslari uyushmasi bo‘lim boshlig‘i, 2018-2019 yillarda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi Farg‘ona shahar bo‘limi boshlig‘i, so‘nggi yillarda Farg‘ona shahar hokimligi xo‘jalik hisobidagi uy-joy bo‘limi boshlig‘i, Farg‘ona shahar Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi, Aholini tadbirkorlikka o‘qitish va jalb qilish sho‘basi mudiri vazifalarida ishlagan.

Tayinlovga qadar Farg‘ona shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.