Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Shahrimizda “Farg‘ona viloyat prokuraturasi bog‘i” tashkil etildi

×

 2023-11-22 14:19:30    1644

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona viloyat prokuraturasi organlari tomonidan joriy yil kuz mavsumida jami 45 ming tup manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda viloyat prokuraturasi organlari xodimlari tomonidan 5 gektardan ortiq yer maydonlariga 10 ming tup ko‘chatlar ekildi. 


Xususan, kuni kecha viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov rahbarligida viloyat iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti, Majburiy ijro byurosi, Ekologiya boshqarmasi hamda boshqa davlat va nodavlat tashkilotlari xodimlari ishtirokida Farg‘ona shahridagi “O‘rmonchilar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 0,7 gektar yer maydoniga manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekish ishlari tashkillandi.


Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan tadbir davomida yapon saforasi, yasin, qayrag‘och, akatsiya kabi 250 tup manzarali daraxt ko‘chatlari hamda 400 tup bodom ko‘chatlari ekilib, “Viloyat prokuraturasi bog‘i” tashkil etildi.