Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 85 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Viloyatimiz aholisi va shahrimiz mehmonlarni 23-marotaba o‘tkazilayotgan "Asal bayrami"ga taklif etamiz

×

 2023-11-22 14:17:09    1716

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining "Asalarichilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va qishloq xo‘jaligi ekinlarini asalari bilan changlatishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona shahrida "Asal bayrami" tashkil etildi. 


30 noyabr kuniga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan "Asal bayrami" davomida viloyatimizdagi asalarichilik xo‘jaliklarida yetishtirilgan asal mahsulotlari xalqimiz dasturxoniga yetkazish va turli xildagi asal mahsulotlari ko‘rgazmasini o‘tkazish rejalashtirilgan. 50 nafardan ortiq asalarichilar tomonidan fuqarolarga kerakli tavsiyalar va ma’lumotlar ham berilmoqda.


Viloyat va shahar hokimliklari hamda "Asalarichilar" uyushmasi tomonidan tashkillangan "Asal bayrami" Farg‘ona shahridagi Markaziy dehqon bozori old maydonida kun davomida o‘tkazilmoqda. Viloyatimiz aholisi va shahrimiz mehmonlarni 23-marotaba o‘tkazilayotgan "Asal bayrami"ga taklif etamiz.