Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Navbatdagi sayyor qabul Qirguli mavzeida o‘tkazildi

×

 2023-11-22 14:13:13    1217

PDF yuklash
Chop etish


Bugun shahar hokimligi tomonidan tashkillangan sayyor qabulda Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, sektor rahbarlari, O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining shahar bo‘limi mudiri Tavakkaljon Rahimov hamda hokim o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.


Qirguli mavzeidagi "Do‘stlik uyi"ning faollar zalida sakson nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari mas’ul rahbarlar ishtirokida o‘rganildi. O‘ttiz nafarga yaqin  fuqarolarning murojaatlar ijobiy hal qilindi.


Kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish va natijasi bo‘yicha mualliflarga ma’lum qilish uchun masalaga daxldor xodimlar, korxona, tashkilot va bo‘limlarga tegishli topshiriqlar berildi. Qabul so‘ngida yuridik va jismoniy shaxslardan tushgan murojaatlarning o‘rganilganlik holati hamda ijobiy hal etilishi bo‘yicha tanqidiy tahlil qilindi.