Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"Yoshlik" hamda "Shodlik" elektr uzatish kabel tarmog‘ini yangilash ishlarining yakuniy bosqichi olib borilmoqda

2023-11-15 10:22:16 2389
Iste’molchilarni kuz-qish mavsumida sifatli hamda ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida, hududlarda elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda.
Avval xabar berganimizdek, Farg‘ona shahrining “Ma’rifat”, “Gulzor”, “Iftixor”, “Sh.Rashidov” hamda “Mash’al” mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Yoshlik” hamda “Shodlik” elektr uzatish kabel tarmog‘ini yangilash va qo‘shimcha tarmoq qurish ishlari davom etmoqda.
Ayni vaqtda mutaxassislar tomonidan yangi yer osti kabel uzatmasi uchun chuqur qazish ishlari bajarilib, kabel tortish ishlari olib borilmoqda. Ma’lumot uchun loyiha asosida hududdagi jami 5,0 kmga yaqin elektr uzatish kabel tarmog‘ini yangilash ishlari bajariladi.