Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Yangi tashkil etilgan muassasa zamonaviy qiyofa aks etdi
2023-11-13 10:03:59 2164
Surunkali kasalliklari va nogironligi bo‘lgan bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi joriy yil 23 yanvardan o‘z faoliyatini boshlagan. Muassasa 50 o‘rinli byudjet va 50 o‘rinli pullik xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Unda 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan surunkali kasalligi va nogironligi bo‘lgan bolalarga 12-14 kun davomida reabilitatsiya amalga oshiriladi.
Markazda asab, suyak mushshak va tayanch, endokrin va kardiojarrohlik amaliyotidan keyingi reabilitatsiya bo‘limlari faoliyat yuritmoqda. Mazkur bo‘limlarda ayni kunga qadar 600 nafarga yaqin bemorlar davolanishdi.
2022 yilda mahalliy byudjetdan 1 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilib, zaruriy tibbiy uskunalar sotib olingan edi. Joriy yilda esa “Tashabbusli byudjet" loyihasi orqali g‘olib bo‘lgan muassasada 1 mlrd. 200 mln. so‘mlik qurilish va ta’mirlash ishlari hamda 550 mln. so‘m mablag‘ evaziga kardiojarrohlik amaliyotidan keyingi bolalarning tibbiy reabilitatsiyasi uchun zarur bo‘lgan maxsus tibbiy jihozlar xarid qilindi.
Quvonarlisi, oktyabr oyidan markazdagi yangi tashkil etilgan 10 o‘rinli kardiojarrohlik reabilitatsiya bo‘limida 10 nafar bolalarga reabilitatsiya o‘tkazildi. Avval bu bemorlar Toshkent shahriga borib davolanishar edi. So‘nggi yillarda tibbiyot muassasasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlardan bemor bolajonlar va ularning ota-onalari juda mamnun ekanliklarini ta’kidlashmoqda.
Qayd etish joizki, yurtimizda oktyabr oyining ikkinchi yakshanbasi Tibbiyot xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. O‘ylaymizki, mazkur muassasaning qayta rekonstruksiya qilinishi, zamonaviy qiyofa aks etishi hamda barcha shart-sharoitlarning yaratilganligi markazda faoliyat olib borayotgan 50 nafarga yaqin xodimlarga haqiqiy bayram sovg‘asi bo‘ldi.