Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining oltinchi chaqiriq 97-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2023-11-09 13:22:41 2397
Unda kun tartibiga kiritilgan masalaga daxldor tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Sessiya kun tartibidagi birinchi masala - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2023 yil 3-choragida amalga oshirgan ishlari yuzasidan Farg‘ona shahar Xalq qabulxonasi mudiri Tavakkal Rahimovning axboroti eshitildi.
Shundan so‘ng, Farg‘ona shahar prokuraturasining 2023 yil 30 avgust kungi №32-23-sonli taqdimnomasi to‘g‘risida Farg‘ona shahar prokurori o‘rinbosari Oybek Xolmatov so‘zga chiqdi.
Sessiya ishida Farg‘ona shahar hokimligi tomonidan 2023 yil 3-choragi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari ijrosi yuzasidan qabul qilingan hujjatlari to‘g‘risidagi hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan ehtiyojmand oilalar vakillari va bemorlarga bir martalik moddiy yordam hamda sog‘lig‘ini tiklash, operatsiya va dori-darmon vositalari uchun mablag‘lar ajratish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan muhokama, taklif va mulohazalardan so‘ng qaror loyihalari bir ovozdan qabul qilindi.