Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahrida 5 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar o‘z uylariga ega bo‘ldilar

×

 2023-11-09 13:08:43    2311

PDF yuklash
Chop etish


2022 yili shahrimizda 18 yoshga to‘lgan 6 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga uy-joy ajratilgan bo‘lsa, joriy yilning shu kuniga qadar esa 17 nafar yigit-qiz ta’mirlangan va to‘la jihozlangan uy-joy egasiga aylanishdi. 


Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi 5 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga ajratilgan xonadonlarning kalitlari keng jamoatchilik ishtirokida topshirildi.


Davlatimiz rahbari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. 


Amalga oshirilgan ishlar uchun Davlatimiz rahbarining ko‘rsatmasi bilan uy-joy sotib olishga respublika byudjeti mablag‘laridan ajratilgan bo‘lsa, ta’mirlash va jihozlash ishlari uchun mahalliy byudjetning orttirib bajarilgan qismidan sarflandi.


Bugungi tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari Fayzullajon Qosimov, shahar hokimi o‘rinbosari Yusufjon Yusupov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Yoshlar quvonchiga sherik bo‘lgan mas’ullar yangi uylarda yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdilar. 


O‘z uyiga ega bo‘lishdek baxtga erishgan yoshlar, Prezidentimizga cheksiz minnatdorchiliklarini izhor etib, kelajakda el-yurtga sadoqat bilan xizmat qiladigan insonlar bo‘lishga va’da berdilar.