Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg‘ona shahrida ham alohida ajratilgan avtobus yo‘laklari tashkil etilmoqda

2023-11-08 09:37:58 2254
Hozirda ushbu yo‘lak sinov tariqasida tashkil etilgan bo‘lib, kelgusida bunday yo‘laklar shaharning boshqa ko‘chalari va ehtiyoji mavjud hududlarda ham tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Farg‘ona viloyatida ham transport vositalari kundan-kunga soni ortib bormoqda. O‘z o‘rnida mazkur jarayonda tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Bunday holatlarni bartaraf etish uchun albatta jamoat transportini rivojlantirish va ularning harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratish lozim. Ana shu maqsadda viloyatda ham alohida ajratilgan avtobus yo‘laklari tashkil etilmoqda.
Jumladan, Farg‘ona shahrining I.Karimov nomli kichik xalqa yo‘lida avtobuslarning erkin harakatlanishini ta’minlash maqsadida avtobus yo‘laklari tashkil etildi. Yo‘l chiziqlari va yo‘l belgilari bilan qatnov qismidan ajratilgan yo‘lakdan harakatlangan avtobuslar manziliga o‘z vaqtida yetib boradi. Bu esa, fuqarolarga qulaylik yaratib, ular tomonidan shaxsiy transport emas, balki jamoat transportidan foydalanish salmog‘ini oshiradi.