Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2023 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahar oila va xotin-qizlar bo‘limining joriy yil 9 oy davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

×

 2023-11-07 11:17:11    2485

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda xotin-qizlarga qaratilayotgan e’tiborning birgina misolini davlatimiz rahbari tomonidan 2022 yil 7 mart kuni qabul qilingan Farmoni va unda ularga yaratib berilgan imkoniyatlarda ko‘rish mumkin. 


Farg‘ona shahar oila va xotin-qizlar bo‘limining joriy yil 9 oy davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan bo‘lib o‘tgan hisobot yig‘ilishida ayni fikrlar alohida ta’kidlandi. Shuningdek, o‘tgan muddat davomida erishilgan yutuqlar va kamchiliklar yuzasidan hisobotlar tinglandi. 
Unga ko‘ra, Farg‘ona shahrining qariyb 334 ming 890 nafar aholisidan 50,2 % ni xotin-qizlar tashkil qiladi. Barcha hududlarda bo‘lgani kabi shaharda ham “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlarning muammolarini “mahallabay” ishlash tizimi orqali hal qilib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. 


Jumladan joriy yilda jami 94 ming 112 ta xonadonlarga kirilib, 30 yoshdan yuqori 75 ming 343 nafar ayollar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilgan. Shundan ijtimoiy ximoyaga muhtoj 10 376 nafar xotin-qizlar bilan individual dasturlar tayyorlangan va “Ayollar daftari”ning 4 bosqichiga kiritilib, 10 ming  376 nafar xotin-qizlarning 91 foiziga manzilli yordamlar ko‘rsatildi.  


Shu kungi yig‘ilishda 9 oy davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, huquqbuzarliklar, ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning tahlili va u 2022 yilga nisbatan kamaygan bo‘lsada, afsuski bu ayanchli holatlarga butkul barham berilmayotganiga e’tibor qaratildi. 


Jinoyatda ishtirok etgan ayollar soni 206 nafarni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 35 nafarga kamaygan. Shu bilan birga ajrimlar soni ortib borayotganligi haqida ham ma’lumotlar berildi. Yig‘ilganlarga yoshlar o‘rtasida oila va nikohning muqaddasligini tushuntirish, ota-onalar, bobo va buvilar ishtirokida targ‘ibot tadbirlarini olib borish vazifalari belgilab berildi.