Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2023 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Hududlarda obodonlashtirish hamda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar ekish ishlari davom etmoqda

×

 2023-11-07 11:14:26    2324

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona shahridagi barcha sektor hududlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va “Yashil makon” umummilliy harakati tadbirlarini o‘tkazish maqsadida ommaviy xashar o‘tkazildi. 


Mahalla fuqarolar yig‘inlarida ko‘chalar, guzarlar, yo‘l chetlari va ko‘p qavatli uylar hududlarida xasharlar o‘tkazilib obodonlashtirish va ko‘chatlar ekish ishlari amalga oshirildi. Barcha hududlarlarda dasturxon yozilib, hasharchilarga osh tarqatildi.


1-sektor hududidagi "Beshbola" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan Abdulla Qodiriy mavzeigacha bo‘lgan yo‘l chetlarida ham keng ko‘lamli ishlar bajarildi. Hashar ishlarida Farg‘ona shahar hokimi, 1-sektor rahbari Vosiljon Nazarov hamda keng jamoatchilik va aholi vakillari, yoshlar ishtirok etishdi. Yo‘l chetlari tozalandi, daraxtlar butaldi, oqlandi. 


Hashar ishlariga zaruriy texnikalar ajratilib ortiqcha chiqindilar olib chiqildi. Hududlarda obodonlashtirish hamda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar ekish ishlari davom etmoqda.