Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Murojaatlarning yigirmadan ortig‘i ijobiy hal etildi

2023-11-03 09:21:50 2647
Joriy haftadagi shahar hokimligi tomonidan tashkillangan sayyor qabulda Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, sektor rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi shahar bo‘limi mudiri Tavakkaljon Rahimov, majburiy ijro byurosi boshlig‘i Dilshodjon Ismoilov va hokim o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.
"Shodiyona" mahalla fuqarolar yig‘inidagi "Monomarkaz"da o‘tkazilgan qabulda oltmish nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari mas’ullar ishtirokida o‘rganildi. Yigirma nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal qilindi.
Kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish va natijasi bo‘yicha mualliflarga ma’lum qilish uchun masalaga daxldor xodimlar, korxona, tashkilot va bo‘limlarga topshiriqlar berildi.
Qabul so‘ngida murojaatlarni hal etilishi darajasi tanqidiy tahlil qilindi. Fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal etish yuzasidan shahar hokimligi tomonidan amaliy yordam ko‘rsatish belgilandi.