Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti uchun o‘tkazilayotgan tanlovning Farg‘ona shahar bosqichida eng munosiblar saralandi
2023-11-01 09:11:20 2424
Mamlakatimizda ayolni muqaddas bilish, unga alohida ehtirom ko‘rsatish, ozod va obod yurtimiz kelajagi bo‘lgan har tomonlama yetuk yoshlarni tarbiyalashdagi beqiyos o‘rnini e’tirof etish, barkamol, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, ular orasidagi iqtidorli yoshlarning adabiyot, san’at, fan va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari, tengdoshlarining milliy istiqlol g‘oyalari va madaniy-ma’naviy qadriyatlarga e’tiqodining yuksalishi yo‘lidagi ibratli faoliyati, keng ko‘lamli islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtirokini rag‘batlantirish ham bugungi kunning dolzarb masalasi bo‘lmoqda.
Shu maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 2326-sonli Farmoni qabul qilingani iqtidorli, ijodkor, izlanuvchan qizlar uchun katta imkoniyat berdi. Kecha ushbu tanlovning Farg‘ona shahar bosqichi o‘tkazildi.
Tadbirni viloyat hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Komilaxon Kavlonova hamda Farg‘ona shahar hokimi o‘rinbosari Dilshodaxon Xolmatovalar ochishib, so‘nggi yillarda mazkur tanlov yanada takomillashgani, ishtirokchilari soni ortib borayotgani hamda har bir hududdan ikki nafardan g‘oliblar saralanayotganligiga alohida e’tibor qaratdilar hamda shahar bosqichiga tashrif buyurgan xotin-qizlarga omad tilashdi.
Tanlovning shahar bosqichida 7 ta yo‘nalish bo‘yicha 41 nafar iqtidorli, shoira, kashfiyotchi, jamoat ishlarida va boshqa turli sohalarda faol bo‘lgan 14-30 yosh oralig‘idagi xotin-qizlar ishtirok etdilar. Ular xay’at a’zolari tomonidan adolatli baholandilar.
Tadbir davomida "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti shahar bosqichida faol bo‘lgan ishtirokchilar shahar hokimining tashakkurnomasi hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.