Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahrida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazish, shuningdek "Yashil makon" loyihasi bo‘yicha belgilangan reja asosida amaliy ishlar olib borilmoqda. Mazkur ishlar samaradorligini oshirish maqsadida beshta kichik

×

 2023-10-31 10:19:09    2544

PDF yuklash
Chop etish



Bugun erta tongda bu boradagi ishlarni tizimli ravishda joyiga borib o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh a’zolari ishtirokida saf ko‘rigi o‘tkazildi. Unda respublikadan, viloyat va shahar hokimligidan biriktirilgan vakillar ham ishtirok etishdi. 


Tadbir davomida sektorlar kesimida tuzilgan ishchi guruh a’zolariga shahardagi ijtimoiy soha ob’yektlari, ko‘p qavatli uylar, mahallalardagi mavjud aholi yashash xonadonlari hamda korxona va tashkilotlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish, "Yashil makon" loyihasi bo‘yicha hududlarga mevali va manzarali ko‘chatlarni ekish va bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni bajarish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.


Shundan so‘ng, Farg‘ona shahriga biriktirilgan vakillar shahar hokimi Vosiljon Nazarov ishtirokida hududlarda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.


Ayni damda Ishchi guruhi a’zolari tomonidan ko‘p qavatli uy-joylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatiga o‘rganilmoqda. Boshqaruv sevib kompaniyalari va shirkatlarning ishchi-xodimlari tomonidan aniqlangan muammolar bartaraf etilmoqda. 
Shuningdek, hovli uy-joylarda kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik jarayonlari ham o‘rganilib, bunda oziq-ovqat va ko‘mir zahirasi, tabiiy gaz va elektr tarmoqlarining sozligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Ishchi guruhi a’zolari ijtimoiy soha ob’yektlarida ham o‘rganishlar olib borishmoqda. Maktablar, bog‘chalar hamda boshqa ta’lim va tibbiyot muassasalarining isitish tizimlari, tarmoqlari sozligi mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni shahar, viloyat va respublika miqyosida bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilanishi nazarda tutilgan.