Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

“Vatan tayanchi” ko‘krak nishonlari o‘z egalariga topshirildi

×

 2023-10-27 10:22:36    2466

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona shahridagi 6, 9, 19, 22, 24 va 25-umumiy o‘rta ta'lim maktablaridagi “Vatan tayanchi” otryadi a'zolariga ko‘krak nishonlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 
Tadbirda Farg‘ona viloyat hokimligi, Farg‘ona garnizonidagi harbiy qism xizmatchilari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati Kengashi, Mudofaa ishlari bo‘limi,  Qurolli Kuchlar faxriylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.


Har bir maktabdan 10-11-sinf o‘quvchilaridan 10 nafardan jami 20 nafar bolalar maktablarda “Vatan tayanchi” otryadi a'zoligiga qabul qilingan. Umumiy oltita maktabdan 120 nafar o‘quvchilarga ushbu ko‘krak nishonlar topshirildi. 

Tantanali marosimda so‘zga chiqqanlar otryad a'zolariga kelgusida o‘z tengdoshlari orasida haqiqiy vatanparvar, yetakchi va tashkilotchi bo‘lishi zarurligi hamda el-yurt manfaati yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilish har bir yosh avlodning Vatan oldidagi burchi ekanligini ta'kidlab o‘tdilar.