Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahrilik 3 nafar yoshlarga yangi uylar topshirildi

×

 2023-10-17 09:28:04    2308

PDF yuklash
Chop etish


Yaqinda Farg‘ona shahrilik Alisher Sobirov va Komilaxon Yusupovalar nomlariga rasmiylashtirilgan kvartiralar kalitlarini qabul qilib olgan edilar.  Kuni kecha esa Behruzbek Qoraboyevga "Yulduz" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan uy topshirildi.  

Avdonina Anita, Shukrullo Rahmonov va Milana Barinovalarga ham shahrimiz markazidan shinam uylar ajratildi. Yoshlarga uy topshirish marosimida Milliy gvardiya viloyat bo‘yicha boshqarma boshlig‘i Shavkat Akbarov, Farg‘ona shahar hokimi o‘rinbosari Yusufjon Yusupov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Ajratilgan uylar barcha maishiy va zarur uy-ro‘zg‘or jihozlari bilan to‘liq ta’minlandi. Yoshlar ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlikdan juda mamnun bo‘lishdi. 

Joriy yilda Farg‘ona shahrida mehribonlik uylarining 7 nafar bitiruvchilariga "Mehr daftari" jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan uy-joylar ajratilgan edi.  Shuningdek, yana 11 nafar chin yetim va ota ona qaramog‘idagi mahrum bo‘lgan bolalarga ham uy-joy topshirilishi belgilangandi. Ayni kunga qadar 6 nafar yoshlarga yangi uylar berildi. Oy yakuniga qadar yana 5 nafar yoshlarga yangi uylar topshirilishi rejalashtirilgan.