Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Behruzbek Qoraboyevga ham Qirguli mavzeidan yangi uy topshirildi

×

 2023-10-13 12:32:39    2498

PDF yuklash
Chop etish


Yaqinda Farg‘ona shahrilik Alisher Sobirov va Komilaxon Yusupovalar nomlariga rasmiylashtirilgan kvartiralar kalitlarini qabul qilib olgan edilar. 

Navbatdagi uy Behruzbek Qoraboyevga "Yulduz" mahalla fuqarolar yig‘inidan topshirildi. E’tiborlisi, xonadon barcha maishiy va zarur uy-ro‘zg‘or jihozlari bilan to‘liq ta’minlandi. 

– Men bu ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlikdan juda mamnunman, – deydi Behruzbek Qoraboyev.- Kelajakda xalqimiz va Prezidentimiz ishonchini albatta oqlayman. 

Joriy yilda Farg‘ona shahrida mehribonlik uylarining 7 nafar bitiruvchilariga "Mehr daftari" jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan uy-joylar ajratilgan edi.  Shuningdek, yana 11 nafar chin yetim va ota ona qaramog‘idagi mahrum bo‘lgan bolalarga ham uy-joy topshirilishi belgilangandi. Ayni kunga qadar 3 nafar yoshlarga yangi uylar berildi. Oy yakuniga qadar yana 8 nafar yoshlarga yangi uylar topshiriladi.