Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RASMIY MUNOSABAT
2023-10-12 17:14:43 1806
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahar “Navbahor” MFY, Yangi asr ko‘chasi 1B va 1A uyning oldida olib borilayotgan qurilish ishlaridan norozi bo‘lgan fuqarolarning murojaatlari tarqaldi. Mazkur murojaat Farg‘ona shahar hokimligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida fuqaro Rustamjon Toshpo‘latov tomonidan olib borilyotgan qurilish ishlaridan fuqarolar noroziligi aniqlandi. Ko‘p qavatli uylarning oldida qurilish ishlari olib borayotgan R. Toshpo‘latovning qurilishga oid hujjatlari mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilib, holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1023-sonli qaroriga asosan fuqaro R.Toshpo‘latov elektron-onlayn auksion savdolarida ishtirok etib, Yangi asr ko‘chasida joylashgan bo‘sh yer maydonini yutib olganligi aniqlandi.
“Elektron-onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasining 2021 yil 18 martdagi elektron-onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomasiga asosan “Navbahor” MFY, Yangi asr ko‘chasida joylashgan umumiy maydoni 0,01ga bo‘lgan yer maydoniga qurilishga ruxsat berilgan. Farg‘ona viloyati Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2021yil 8 yanvar kuni loyihalash uchun 11-sonli arxitektura va rejalashtirish topshrig‘i hujjatlar to‘plami ishlab chiqilib va tegishli tashkilotlardan texnik shartlar olingan.
2021 yilda “Hi-Tech Architect Project” xususiy korxonasi tomonidan loyiha-smeta hujjatlari tayyorlab berilgan. Yuqoridagi loyihalanayotgan bino “Qurilish loyiha ekspertiza sinov” MCHJ tomonidan 2021 yil 26 may kuni “Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar “Navbahor” MFY, Yangi asr ko‘chasi hududida bosh yer maydonda savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat, do‘konlar, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari, oshxona, kafelar, savdo uylari qurish”ga ekspertiza xulosasi berilgan.
Shuningdek, fuqaro Rustamjon Toshpo‘latov tomonidan Davlat xizmatlari markazi orqali 2021 yil 7 oktyabr kuni “Qurilish-montaj ishlari boshlanganligi haqida xabar berish” bo‘yicha 3770652-sonli Farg‘ona viloyati Qurilish soxasidagi hududiy nazorat inspeksiyasiga xabarnoma jo‘natilganligi aniqlandi. Bugungi kunda qurilish ishlari shaharsozlik normalari va qoidalariga asosan olib borilyotganligini ma’lum qilamiz.
Ijtimoiy tarmoq faollari, jurnalist va blogerlardan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar va murojaatlarni bir tomonlama o‘rganib, noxolis axborot tarqatmasliklarini, shuningdek tushunmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda Farg‘ona shahar hokimligi va uning barcha bo‘limlaridan holat yuzasidan aniq ma’lumotlarni olishlari mumkinligini yana bir bor eslatib, bu borada Farg‘ona shahar hokimligi Axborot xizmati Sizlar bilan doimo hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qilamiz.