Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘onada ilk bor davlat fuqarolik xizmatchilari uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

×

 2023-10-12 16:22:01    1813

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘onada ilk bor davlat fuqarolik xizmatchilari uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan qabulda 100 nafarga yaqin davlat xizmatchilari ishtirok etdilar. Sayyor qabul viloyat hokimligi ko‘magida tashkil etildi.  


Murojaatlarning aksar qismini davlat fuqarolik xizmatiga kirish, mehnat qonunchiligiga oid huquqiy maslahat, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlarini himoya qilish va ular uchun shart-sharoit yaratish yo‘nalishlariga oid masalalar tashkil qildi.


13 ta murojaat qabul chog‘ida ijobiy yechimini topdi, 21 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlarning yechimini ta’minlash bo‘yicha o‘rganish ishlari olib boriladi.