Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Yosh tadbirkorlar soni ortib bormoqda

×

 2023-10-05 12:02:03    2162

PDF yuklash
Chop etish


Navruzaxon Salbayeva 20 yoshda. Besh yildirki, chevarchilik bilan shug‘ullanadi. Texnikumni tamomlagach o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshladi. 


Mahallada yangi qurilgan binoning birinchi qavatini ijara asosida olib, ikkita ish o‘rni yaratdi. To‘rt nafar maktab o‘quvchilari dars mashg‘ulotlaridan so‘ng, chevarchilik sir-asrorlarini o‘rganishmoqda. 


"Zarbdor" mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi Bekzodjon Xolmirzayev tavsiyasiga ko‘ra, 25 mln. so‘m miqdorda imtiyozli kredit ajratilib, 4 ta zamonaviy tikuv mashinalari olindi. 


Yosh tadbirkor kelinlik liboslari, maktab formalari tikadi hamda qo‘l mehnati asosida taqinchoqlar tayyorlamoqda. Navruzaxon kunlik 250 ming so‘m atrofida daromad topmoqda.