Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahrida o‘qituvchi va murabbiylarga yuksak ehtirom ko‘rsatildi

×

 2023-10-04 15:59:11    1929

PDF yuklash
Chop etish


 oktyabr — O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan Farg‘ona shahridagi “WINE GARDEN” tantanalar majmuasida bayram tadbiri tashkil qilindi. Tadbirga faxriy ustozlar, hozirgi kunda mehnat faoliyatini olib borayotgan ilg‘or o‘qituvchi va murabbiylar taklif etildi. 


Tadbirda Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov ustoz va murabbiylarni sana munosabati bilan samimiy qutladi. Barcha uchun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsoli bo‘lgan aziz va moʻtabar zotlarning mashaqqatli mehnati e’tirof etildi.


Sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati uchun bir guruh ustoz va murabbiylar shahar hokimligining tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Xushovoz xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev, "O‘zbegim" raqs jamoasi hamda shahar madaniyat bo‘limi sa’natkorlaridan Abrorbek Nishonov, "Tarannum" estrada guruhi ijodkorlari tadbirga ko‘tarinki ruh baxsh etdilar.