Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘onadagi Markaziy Osiyo tibbiyot universitetining yangi binosi foydalanishga topshirildi

×

 2023-10-04 15:56:57    1858

PDF yuklash
Chop etish


O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida Farg‘ona shahrida Markaziy Osiyo tibbiyot universitetining (Central Asian Medical University) yangi binosi foydalanishga topshirildi. Tantanali tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, qator xorijiy davlatlardan taniqli tibbiyot sohasi olimlari, universitet jamoasi, talabalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.


O‘tgan 2022 yilda ish boshlagan universitetning yangi binosi loyiha qiymati 17,5 mln. dollarni tashkil etib, loyihaning birinchi bosqichida 11 mln. dollar sarflandi, ikkinchi bosqichi uchun yana 6,5 mln. dollar miqdorida mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan. Hozir birinchi bosqich qurilish va ta’mirlash ishlari yakunlandi, o‘quv jarayoni uchun 1 mlrd. 200 mln. so‘mlik o‘quv va badiiy adabiyotlar, 5 million dollar miqdoridagi o‘quv laboratoriya jihozlari xarid qilindi.