Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qirq nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari mas’ul rahbarlar ishtirokida o‘rganildi
2023-09-29 10:14:50 1531
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun shahar hokimligida qabul o‘tkazildi. Unda Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi shahar bo‘limi mudiri Tavakkaljon Rahimov ishtirok etishdi.
Qabul davomida qirq nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari mas’ullar ishtirokida o‘rganildi. O‘n nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal qilindi.
Kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish va natijasi bo‘yicha mualliflarga ma’lum qilish uchun masalaga daxldor xodimlar, korxona, tashkilot va bo‘limlarga topshiriqlar berildi.
Qabul so‘ngida murojaatlarni hal etilishi darajasi tanqidiy tahlil qilindi. Fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal etish yuzasidan shahar hokimligi tomonidan amaliy yordam ko‘rsatish belgilandi. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, kommunal sohalardagi muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.