Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Loyiha taklifi keng jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlandi
2023-09-26 09:59:17 1518
Farg‘ona shahrida aholi salomatligini saqlash va profilaktik tadbirlarni o‘tkazish borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining shahar bo‘limida so‘nggi yillarda keng islohotlar olib borildi.
Aholi salomatligini saqlash, profilaktika maqsadida yuqumli kasallik aniqlangan epid o‘choqlar, jumladan, maktab, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, aholi gavjum to‘planadigan joylar hamda yashash uylarida xonadonbay ishlash tizimi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Albatta, bu tadbirlarni o‘tkazish uchun zamonaviy uskunalar zaruriyati bor edi. Davlatimiz rahbari tomonidan hayotga tatbiq etilgan "Tashabbusli byudjet" loyihasi orqali mazkur muammolarga yechim topildi.
Soha xodimlari tomonidan ilgari surilgan ezgu tashabbus keng jamoatchilik vakillari, fuqarolar, tibbiyot yo‘nalishida faoliyat olib borayotganlar ishtirokida qo‘llab-quvvatlandi. Gʻolib bo‘lgan loyiha asosida bo‘limga 850 mln. so‘mlik ish jarayonlarida foydalaniladigan zamonaviy uskunalar sotib olindi.
Soha xodimlarining ta’kidlashicha, zamonaviy uskunalar yordamida ish samaradorligi, aniqlik, tezkorlik anchagina oshgan. Batafsil videolavha orqali tanishishingiz mumkin.