Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Murojaatlarni ijobiy hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda

×

 2023-09-25 17:45:56    1778

PDF yuklash
Chop etish


Joriy haftadagi sayyor qabul shahar hokimligida o‘tkazildi. Unda Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, sektor rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi shahar bo‘limi mudiri Tavakkaljon Rahimov va hokim o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.


Qabul davomida o‘ttiz nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari mas’ullar ishtirokida o‘rganildi. O‘n nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal qilindi. Beshta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.


Kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish va natijasi bo‘yicha mualliflarga ma’lum qilish uchun masalaga daxldor xodimlar, korxona, tashkilot va bo‘limlarga topshiriqlar berildi. 


Qabul so‘ngida murojaatlarni hal etilishi darajasi tanqidiy tahlil qilindi. Fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal etish yuzasidan shahar hokimligi tomonidan amaliy yordam ko‘rsatish belgilandi. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, kommunal sohalardagi muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.