Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahrida ilk Modellik maktabi ochildi

×

 2023-09-25 17:43:44    1702

PDF yuklash
Chop etish


Shahrizoda Madaminova rahbarligida ochilgan Modellik maktabining tantanali ochilish marosimida shahar hokimi o‘rinbosari Dilshodaxon Xolmatova va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.


Mazkur "MADAM'S Modeling Agency" modellik maktabining loyiha qiymati 150 ming  dollarni tashkil etadi. Agentlikda hozirgi kunda 7 ta ish o‘rni yaratildi. Agentlik ish faoliyatini 10 nafar yosh qizlarni modellikka o‘rgatish o‘quv kursini ochishdan boshladi. Shuningdek, agentlik atelyesi hamda bayram va bazm liboslarini ijaraga berish ham yo‘lga qo‘yildi.


Mahallada faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi Jahongir Akramov ham mazkur loyiha bilan tanishdi. Uning tavsiyasiga ko‘ra, yosh tadbirkor Shahrizoda Madaminovaga 33 mln. so‘m imtiyozli kredit ajratildi. 


Modellik agentligi tomonidan 5-30 yoshdagi xotin-qizlarni modellik yo‘nalishida o‘qitish bo‘yicha kurslar tashkil etilgan. Shuningdek, agentlikdagi o‘quv kurslarining malakali murabbiylari tomonidan korxona va tashkilotlar, ta’lim muassasalarining buyurtmalariga asosan, ularning xodim va o‘quvchilarini bayram tadbirlariga chiqishlari va sahna ko‘rinishlariga ko‘maklashish xizmatining ham ochilganligi tadbir ishtirokchilari tomonidan alohida e’tirof etildi.