Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Eko shahar hududi kundan-kunga chiroy ochib bormoqda

×

 2023-09-20 12:29:19    1881

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona shahar hududida “Yangi O‘zbekiston” massivi bunyod etilmoqda. Ta’kidlash joiz, mazkur “Eko shahar”da 204 ta ko‘p qavatli uy-joy qurilishi belgilangan. Yangi massivda 10 ta bog‘cha, 6 ta umumta’lim maktabi, poliklinika, masjid hamda sog‘lomlashtirish majmuasi bunyod etiladi. 15 ta ma’muriy idora qad rostlaydi. Hozirgi kunda bu yerda bunyodkorlik ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda.


Ayni kunlarda mazkur hududda ichki yo‘llarni qurish, yoritish masalalarini o‘rnatish, ko‘p qavatli uylarni qurish, so‘nggi pardozlash ishlari olib borilmoqda. Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov mas’ullar bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni o‘rganmoqda. Yo‘llarni sifatli va jahon standartlariga mos tarzda bunyod etilishi bo‘yicha mutaxassislar bilan fikr almashilmoqda.


Ta’lim muassasalarida ham so‘nggi jihozlash va pardozlash jarayonlari ketmoqda. Aholining maroqli dam olishlari uchun bunyod etilayotgan "Yangi O‘zbekiston bog‘i"da ham keng ko‘lamli ishlar bajarilmoqda. Yoshlar uchun zamonaviy atraksionlarni o‘rnatish ishlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan go‘yoki quruvchilarga sifatsiz va go‘shtsiz ovqatlar berilmoqda degan mazmundagi xabarlar haqiqatga mos emas. Shahar hokimi jarayonlarni o‘z nazoratiga olib, qurilishlarga bosh bo'lmoqda.