Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Muhayyoxon Obidovaga imtiyozli kredit ajratilib, faoliyati yanada kengaytirildi

×

 2023-09-18 11:21:32    1444

PDF yuklash
Chop etish


"Afrosiyob" mahallasida yashovchi tadbirkor Muhayyoxon Obidovaning chevarchilik sohasiga kirib kelganiga o‘n yil bo‘ldi. So‘nggi 2-3 yilda tadbirkorlik qilish istagini bildirayotgan fuqarolarga berilayotgan imkoniyat va imtiyozlarni eshitib, faoliyatini kengaytirishni niyat qilgan. 


Bu orada mijozlar soni ortdi, shuningdek yangi ochilayotgan bog‘chaga va klinikalardan ham buyurtmalar qabul qilindi. Albatta, buyurtmalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun yangi dastgohlarga zaruriyat bo‘ldi. 


Mahallada faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi Sanjarbek Masharipovning tavsiyasiga ko‘ra, tajribali chevarga 33 million so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Kredit mablag‘lari hisobiga zamonaviy tikuv mashinalari olindi. 
Muhayyoxon Obidovaning 2 nafar shogirdlari hozirda ham o‘quvchi, ham ko‘makchi. Shuningdek, ikki nafar ishsiz xotin-qizlar kasanachilik asosida faoliyat olib borishmoqda. Tadbirkorimiz bir oyda o‘rtacha 5 million, buyurtma ko‘payganda 7-8 million so‘mgacha daromad topmoqda.