Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Faol tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv talabalar ishtirokida o‘tkazildi

×

 2023-09-14 17:12:55    1465

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona shahridagi "Meridian Diagnostic Hospital" tibbiyot markazi rahbari Nurillo Mamasodiqov hamda Bag‘dod tumanidagi "Gʻofurjon dehqon" mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Odiljon Xodjayevlar bugun Farg‘ona davlat universiteti Iqtisodiyot fakultetining o‘qituvchi va talabalari bilan uchrashdilar.


Tadbir davomida tadbirkorlar tomonidan yurtimizda bu sohaning rivojlanishi uchun berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi. Har ikki tadbirkor ham so‘nggi yillarda tadbirkorliklarini yanada rivojlantirish maqsadida ana shunday imtiyozlardan unumli foydalanib kelishmoqda. Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan har ikki tadbirkor "Shuhrat" medali bilan taqdirlanishdi.


Nurillo Mamasodiqov rahbarligidagi tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida viloyatimizning yirik kompaniyalaridan biri bo‘lgan “Meridian Diagnostic Hospital” MCHJ muassisligida tashkil etilgan Central Asian Medical University (Markaziy Osiyo tibbiyot universiteti) loyihasi uchun tadbirkorning o‘z mablag‘lari hisobidan 128 milliard so‘m yo‘naltirildi.


“Meridian Diagnostic Hospital” MCHJ tarkibida hozirgi kunda viloyatimizda deyarli barcha yo‘nalishlarni qamragan 10 ta tibbiy diagnostik klinikalar faoliyat olib bormoqda. Tadbirkor tomonidan Andijon shahrida “Andijon tibbiy diagnostika” MCHJ, Farg‘ona shahrida “Ideal Diagnostik” MCHJ, Qo‘qon shahrida “Qo‘qon tibbiy diagnostika” MCHJ hamda Farg‘ona shahrida 7.5 mln. dollarlik “Meridian Diagnostic Hospital” MCHJlar tashkil etilib, bemorlarda kasalliklarni barvaqt aniqlash, ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish borasida sifatli va malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.


Tajribali tadbirkor Odiljon Xodjayev ham yillar davomida bog‘dorchilik va chorvachilik yo‘nalishlarini anchagina yuksaltirdi. Ayni kunlarda naslli chorvalar soni 1000 boshdan oshdi. Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tadbirkorlardan javoblar olishdi.