Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Hokim yordamchilarining tashabbusi

2023-09-14 07:02:41 1154
"Afrosiyob" va "O‘rmonchilar" mahallalarida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari Sanjarbek Masharipov hamda Boburjon Temirovlarning tashabbuslari bilan ishsiz fuqarolar ish bilan ta’minlanmoqda. "O‘rmonchilar" mahallasi hududida bo‘sh turgan yer maydoni O‘rmon xo‘jaligi bilan shartnoma qilinib, dehqonchilik qilish uchun olindi.
Ijaraga olingan yerga may oyida piyoz ekildi, hozirda hosilni yig‘ishtirib olish ishlari bajarilmoqda. Salkam ikki gektar yerda kunlik ishchilarni jalb qilib, dehqonchilik bilan shug‘ullanildi. Avgust oyi boshidan hosilni yig‘ishtirib olish boshlangan bo‘lsa, kunlik 30-50 nafar ishchilar shu yerda band bo‘lishmoqda. Ishchilarga kunlik 80-90 ming so‘mdan ish haqqi berilmoqda.
Tashabbuskorlarining ta’kidlashicha, kunlik ishchilarning istagi hamda qo‘l mehnati bilan yetishtirilishi inobatga olinib, yer maydoniga yana kechki piyoz ekish rejalashtirilgan. Shuningdek, hosildan hamda topilgan daromaddan ijtimoiy daftarlarda turuvchi oilalarga ham amaliy yordam berish choralari ko‘rilgan.