Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Xotin-qizlarga maoshlaridan tashqari daromad topishlariga ham imkoniyat yaratilmoqda

×

 2023-09-14 06:20:15    1356

PDF yuklash
Chop etish


"Beruniy" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, "Ayollar daftari"da turgan Saidaxon Nuriddinovaning doimiy ish bilan band bo‘lish masalasida qilgin murojaati ham ijobiy hal etilib, hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotiga xo‘jalik xodimi sifatida ishga joylashtirildi. Shuningdek, hokim yordamchisining tavsiyasiga ko‘ra subsidiya asosida tikuv mashinasi ham olib berildi.


Tikuvchilik bilan shug‘ullanish ayniqsa, ko‘p qavatli uylarda yashayotgan xotin-qizlarga qo‘l kelmoqda. Saidaxon ham ko‘p qavatli uyda turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li bilan yashaydi. Ishdan bo‘sh vaqtlarida tikuvchilik bilan shug‘ullanib, asosan yostiqlar, shuningdek ro‘zg‘or uchun zaruriy buyumlarni tayyorlamoqda. 


Buyurtmalardan tashqari tayyorlagan mahsulotlarini mahalliy bozor hamda savdo do‘konlariga tarqatmoqda. Saidaxon maoshidan tashqari har oyda o‘rtacha bir milliondan ortiq daromad topmoqda.