Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

"Monomarkaz"da navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

×

 2023-09-14 06:17:48    1322

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona shahar hokimligi tomonidan tashkillangan sayyor qabulda shahar hokimi o‘rinbosarlari, sektor kotiblari, majburiy ijro byurosi, adliya bo‘limi vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi shahar bo‘limi mudiri va xodimlari ishtirok etishdi.


Qabul davomida 70 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari mas’ul rahbarlar ishtirokida o‘rganildi. Yigirmadan ortiq murojaatlar ijobiy hal qilindi.


Kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish va natijasi bo‘yicha mualliflarga ma’lum qilish uchun masalaga daxldor xodimlar, korxona, tashkilot va bo‘limlarga tegishli topshiriqlar berildi.