Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

NAVBAHOR MAHALLASINING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2023-09-14 06:08:24    1251

PDF yuklash
Chop etish


So‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan mahalla tizimiga berilayotgan katta e’tibor natijasida hududlardagi ko‘plab fuqarolar yig‘inlari o‘z xizmat binolariga ega bo‘lishmoqda. Shuningdek, ularning moddiy-texnik bazasi yaxshilanib, soha xodimlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda.


Bugun shahrimizdagi “Navbahor” mahallasining ham yangi binosi foydalanishga topshirildi. Binoning ochilishida shahar hokimi Vosiljon Nazarov, shahar prokurori Sherzodjon Mavlonov va keng jamoatchilik vakillari, shuningdek mahalla ahli ishtirok etishdi.


Mahalla binosi Davlatimiz rahbarining 2022 yil 25 oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-408-sonli qaroriga asosan qurilib, 750 mln. so‘mga yaqin mablag‘ sarf etildi. Shu kunga qadar ko‘p qavatli uyning 2 xonali uyida faoliyat olib borgan xodimlar uchun yangi binoda barcha qulayliklar yaratildi.