Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Maxsus qabulxonada monitoring olib borildi

×

 2023-09-14 06:05:16    1437

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona viloyati  IIB JXX JTSB maxsus qabulxonasida monitoring tashrifi amalga oshirilib, u yerda saqlanayotgan shaxslarning sharoitlari bilan tanishildi. Maxsus qabulxona jami 139 nafar xuquqbuzarni saqlashga mo‘ljallangan bo‘lsada, hozirda maxsus qabulxonada 215 nafar xuquqbuzarlar saqlanayotgani aniqlandi.


Monitoring tashrifida maxsus qabulxonada saqlanayotgan 3 nafar shaxslar bilan yakkama-yakka, 28 nafar shaxslar bilan esa ommaviy suxbatlar o‘tkazildi. Suxbat davomida maxsus qabulxonadagi sharoitlardan va oziq-ovqat ta’minotidan shikoyatlari yo‘qligi, ularga nisbatan noqonuniy xarakatlar yoki qiynoqlar bo‘lmaganligini bildirishdi. 
Jumladan, xuquqbuzarlar A.I, Ya.T va  O.Mlar  bilan  yakkama-yakka suxbat o‘tkazilganida voyaga yetmagan farzandlari uchun 2 oydan ortiq muddat davomida aliment to‘lamaganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47-4-moddasiga binoan  ma’muriy qamoq jazosi o‘tayotganliklari, hozirda o‘zlariga tegishli xulosa chiqargan xolda aliment to‘lov pullarini to‘lamoqchi ekanliklarini ma’lum qilishdi. 


Muassasada saqlanayotgan fuqaro N.Z. esa Ma’muriy javobgarlik    to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasi asosida 5 kunlik qamoq jazosini o‘tayotgani, oziq-ovqat va saqlanishi bo‘yicha e’tirozlari yo‘qligini ma’lum qildi. Maxsus qabulxonada yaratilgan sharoitlardan xech qanday shikoyatlari yo‘qligi, sayrga chiqish, telefon so‘zlashuvlaridan qonunda belgilangan tartibda foydalanib kelayotganliklarini  bildirdilar.


Shu bilan birga ayrim kamchiliklar xam aniqlandi. Muassasadagi saqlanayotganlar uchun sayrga chiqish joylari ko‘zdan kechirildi. O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Qonunining  13-moddasida saqlanayotganlarni kunduzgi vaqtda davomiyligi ikki soatdan kam bo‘lmagan har kungi sayr qilishi belgilab qo‘yilgan bo‘lsada, ommaviy suxbat jarayonida 1-kamerada saqlanayotgan shaxslar kun davomida 1 soatdan oshmagan holda sayrga olib chiqilayotganlarini ma’lum qilishdi. 


Tergov harakatlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan xonalarni ko‘zdan kechirish jarayonida, bu toifadagi xonalar videokuzatuv vositalari bilan jihozlangani va advokatlar istalgan vaqtda advokatlik so‘rovnomasi bilan tergov jarayonlarida tasvirga olingan videomateriallarni talab qilib olishi mumkinligi aytildi.


Muassasadagi oshxona ko‘zdan kechirilganda  unda saqlanayotganlarga taomlar tayyorlanib, oziq-ovqat mahsulotlari to‘liq va taomnomaga mos berilayotgani ma’lum bo‘ldi. Muassasada saqlanayotganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish xonasi ko‘zdan kechirlganda, feldsher shtati ajratilgan. Tibbiy yordam ko‘rsatish uchun kerakli dori-darmonlar mavjudligi aniqlandi. Muassasada saqlanayotganlar uchun oshxona va yuvinish xonalari mavjud.


Shundan so‘ng maxsus qabulxona xodimlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati hamda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda qiynoqqa solish hamda boshqa g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomalaning oldini olish masalalari  bo‘yicha seminar yig‘ilishi o‘tkazildi. Tezkor xodimlarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish ko‘rsatib o‘tildi. 


A.Kamilov, Ombudsmanning Farg‘ona viloyati mintaqaviy vakili.