Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

"BO‘STON" VA "GULISTON" MAHALLALARIDA ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA

×

 2023-09-09 12:10:16    1803

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona shahrining “Bo‘ston” va "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inlarida loyiha asosida past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash hamda modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda.


Loyiha asosida "Bo‘ston" mahallasi hududiga 282 dona yangi temir-beton tayanchlarini o‘rnatish, 7,1 km uzunlikdagi 0,4 kVli yangi elektr uzatish kabel tarmog‘ini tortish hamda 4 dona transformator punktini quvvatini katta quvvatlisiga almashtirish, yangilash ishlari rejalashtirilgan.


"Guliston" mahallasida ham 72 dona temir-beton tayanchlarini o‘rnatish hamda tarmoqlarini yangilash ishlarini bajarish belgilangan. Ayni vaqtda, hududlarga yetkazilgan yangi temir-beton tayanchlariga kabel tortish ishlari olib borilmoqda.