Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg‘ona shahridagi ta’lim muassasalarida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
2023-09-07 09:04:34 1190
Bugun Farg‘ona shahridagi xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 45 ta o‘rta ta’lim maktablari, 2 ta maxsus va 2 ta viloyat tasarrufidagi maktab-internatlarida 2023-2024 o‘quv yili boshlandi.
Hayajonli tadbirlarda viloyat va shahar hokimliklarining vakillari, boshqarmalar, korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalliy kengash deputatlari, mahalla xodimlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Har bir sinfda "Mustaqillik darsi" o‘tildi.
Qo‘shaloq tadbirda so‘zga chiqqanlar mustaqilligimiz bergan imkoniyatlar, yurtimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar samarasi, o‘qituvchi va yoshlar uchun yaratib berilayotgan qulayliklar haqida ta’kidlab o‘tdilar. Ustoz-murabbiylar hamda o‘quvchilarga boshlangan o‘quv yilida omad va zafarlar tilandi.
Tadbirda bu yil ilk bora maktab ostonasiga qadam qo‘ygan 5970 nafar jajji o‘quvchilarga Prezident sovg‘alari topshirildi.