Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Qatag‘on qurbonlari xonadonlariga tashrif buyurildi

×

 2023-09-07 08:58:58    1266

PDF yuklash
Chop etish


31 avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni. Ushbu sana hamda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi bayrami munosabati bilan Farg‘ona shahrilik Qatag‘on qurbonlari yodga olindi. 
1937 yilda qatag‘on qurboni bo‘lgan "Shodlik" mahallasilik Qodirmirzo Jahonov, yormozorlik Mo‘ydinbek Dodhobekovlarning avlodlari bilan shahar hokimi Vosiljon Nazarov, sektor rahbarlari, faol nuroniylar uchrashdilar.
Mehmonlar oila a’zolari tomonidan afsus bilan yod olingan tarixning achchiq qismatini tingladilar. Qatag‘on qurbonlarining avlodlari ota-onalardan eshitganlarini eslashib, bobolarining surgun qilinib, otilganidan so‘ng ham qolgan oila a’zolari xo‘rlangani, barcha mol-mulklari musodara qilingani, turmush kechirishlari yomonlashganini yod olishdi. 
Shuningdek, suhbat davomida bugungi tinch, osoyishta zamonga shukronalik keltirildi. O‘tganlar xotiralanib, qur’on tilovat qilindi. Oila uchun oziq-ovqat mahsulotlari berildi.