Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

“Mehr daftari”ga kiritilgan bolalarni orzu-istaklari ro‘yobga chiqarilmoqda

×

 2023-09-07 08:32:46    196

PDF yuklash
Chop etish


Ma’lumki, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Mehr daftari” tizimi joriy etilgan. Bu borada ham Farg‘ona shahrida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, joriy yil davomida 7 nafar yigit va qizlarga uy-joylar ajratildi. Mustaqilligimizning 32 yilligi bayrami arafasida mazkur daftarga kiritilgan 16 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni muammo hamda orzu-istaklari ro‘yobga chiqarildi. 
Xususan, 2 nafar bolaga kasbga yo‘naltirish maqsadida tikuv mashinalari, bandligini ta’minlash maqsadida ikki nafarlariga mehnat qurollari, ikki nafarlariga velosiped va olti nafarlariga noutbuklar ajratildi. Shuningdek, 4 nafarlarining IT kurslarida o‘qish mablag‘lari to‘lab berildi. 
Tadbirda Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, Milliy gvardiya boshqarmasi vakillari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Shahar hokimi yig‘ilganlarni Mustaqilligimizning 32 yilligi bayrami bilan muborakbod etib, yosh avlodga davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Eng ulug‘, eng aziz ayyom arafasida orzulari ushalgan yoshlar ko‘rsatilayotgan e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirishdi. Mas’ullar tomonidan kelgusida ham shahrimizdagi “Mehr daftari”ga kiritilgan yoshlarning orzu-istaklarini amalga oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarning olib borilishi ma’lum qilindi.