Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

AUTSORSING MUNOSABATLARINING O‘ZBEKISTONDAGI ISTIQBOLI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR.

×

 2023-09-06 17:02:19    722

PDF yuklash
Chop etish


Shu kunlarda xalqimiz davlatimiz va jamiyatimiz hayotida eng katta, alohida o‘rin olgan qutlug‘ bayram mustaqilligimizning 32 yillik bayrami keng nishonlamoqda. O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 31 avgustdagi №336-XII-sonli “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilingandan so‘ng o‘zini oqlamagan eski tuzumdan butunlay voz kechib, yangi davlat, yangi jamiyat qurish yo‘li va imkoniyatlari ochildi. Hozirda yangi O‘zbekiston bunyod etilayotgan, uchinchi renesans poydevori mustahkamlanayotgan yangi davr boshlanmoqda. Shu munosabat bilan, butun dunyo hamjamiyatida bugungi kunda rivojlanib borayotgan “Autsorsing” munosabatlarini o‘zimizda ham rivojlantirishimiz hozirgi davrning talabidir. Ma’lumki, har qanday korxona eng kam sarf-xarajat evaziga o‘zining faoliyatini unumli ravishda kuchaytirishga intiladi. Ammo bugungi kunga kelib iqtisodiy tafakkur va ilmiy texnikaviy taraqqiyot bir joyda turmaganiday, har bir tashkilot oldida ishni a’lo darajada boshqarish uchun yangi g‘oyalarni va texnologiyalarni o‘zlashtirish o‘tkir zaruriyat bo‘lib turibdi. “Yaxshi bajarishni xohlaysanmi?- o‘zing bajar” bugungi kunga kelib bu maqol allaqachon o‘zining ahamiyatini yo‘qotgan. Autsorsing kabi ana shunday hodisaning paydo bo‘lishi, har qanday ishni ya’ni, yangi texnologiyalar va loyihalarni boshqarishdan boshlab to begona tashkilotlarning binolarini tozalab yig‘ishtirishgacha boshqa korxonalarga topshirish mumkin. O‘zga mehnat manbalaridan foydalanish tashkilot uchun eng kam vaqt va xarajat talab etadi. Ammo ajablanarli tomoni shundaki, bozorda o‘zining keng qo‘llanilishi va tarqalishiga qaramasdan autsorsing tushunchasining o‘zi ko‘pchilik mutaxassislarga notanish. Oxirgi  yillarda autsorsing yangi so‘z bo‘lmay, balki, yangi ishlab chiqarish usullarini yaxlit xolga keltirgan, keyingi o‘n yillikda yuzaga kelgan taraqqiyot omilidir. Autsorsing (“autsourcing” atamasi inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib “outside resource using” – “tashqi manbadan foydalanmoq” degan ma’noni anglatadi) samaradorlikni oshirish va tannarxni kamaytirish maqsadida biznes jarayonlarning bir qismini boshqa kompaniyaga topshirishdir. Bu o‘ziga yarasha ko‘rinishdagi jahon miqyosidagi yordamchi pudratchi munosabatlari bo‘lib, qaysiki ikki taraf ishtirokidagi ya’ni, buyurtmachi kompaniya bir davlatdan va bajaruvchi kompaniya boshqasidan, buyurtmachi tannarxni tushirish maqsadida yoki hatto mahsulot sifatini oshirish uchun ba’zi bir ishlab chiqarish jarayonini bajaruvchiga topshiradi. Lekin bu ikki tushunchani (autsorsing va yordamchi pudratchi) aynan bir narsa deb hisoblash noto‘g‘ri bo‘lar edi, shu sababdan basharti yordamchi pudratchi – bu bir martalik vazifani bajaradi, keyin esa bajarilgan ish topshiriladi, buyurtmachi bilan yordamchi pudratchi o‘zaro hech qanday huquqiy munosabatda bo‘lmaydi, autsorsing esa qulay biznes-jarayondir. Autsorsing munosabatlarida bajaruvchi kompaniya aslida buyurtmachi kompaniya jamoasining bir qismi bo‘lib qoladi, lekin faqat muayyan ajratib berilgan maxsus topshiriqlarning ustida ishlaydi. Faraz qilaylik, kompaniya autsorsing munosabatlariga buxgalterlik xizmatini topshiradi va buning oqibatida doimiy ishlaydigan buxgalterlik bo‘limini oladi, biroq ushbu bo‘lim o‘zining kompaniyasida emas bajaruvchi kompaniyada faoliyat olib boradi, o‘zida faqat bosh buxgalterni saqlab qolishining sababi, bajaruvchi kompaniya ishlarni qay tarzda olib borishini va alohida maxfiylik talab qiladigan ishlarni nazorat qilishi kerak bo‘ladi. Autsorsing ikki xil ko‘rinishda mavjud bo‘ladi – inshoring (qachonki ish davlatning ichida lekin boshqa kompaniya tomonidan bajarilsa) va offshoring (qachonki ishlab chiqarish boshqa davlatda amalga oshirilsa). Autsorsing ko‘pincha buyurtmachi kompaniyaga iqtisodiy foydali bo‘lib, o‘zining oliy malakali (ko‘pincha noyob chunki nihoyatda qimmat) mutaxassislarni yollashdan ko‘ra, chet elda to‘liq masshtabdagi o‘ziga qarashli kompaniyaga ega bo‘lishni afzal ko‘radi. Iqtisodiy manfaatning boshqa tomoni bilan bog‘liq tavakkalchilik o‘zga qo‘llarga yangi raqobatbardosh texnologiyalarni va maxfiy ma’lumotlarni berish bo‘lsa, shuningdek yana bir tavakkalchilik ishni yetarli darajada sifatli yoki tezkor bajarilmay qolishligi bo‘lishi mumkin. Amalda esa autsorsing zamonaviy iqtisodning nodir hodisasi sifatida dunyoning hamma hududini qamrab oldi. Biroq yangi axborotlashtirish davrida, bu tabiat hodisasining ishtirokchi-davlatlarga ijobiy yoki salbiy ta’sir etish mumkinligi haqida bahs-munozara hali ham davom etmoqda. Autsorsing munosabatlarning inshoring shakli o‘zimizda ham yaxshi yo‘lga qo‘yilganligini ko‘rib turibmiz lekin hozirda ko‘pchilik mutaxassislar balki oddiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan aholi autsorsing haqida to‘laqonli tushunchaga ega emas ekan ushbu biznes jarayonning qulaylik va afzallik tomonlaridan bebahra qolaverishadi. Bir tomondan ushbu xizmatdan foydalanayotgan korxona va tashkilotlarimiz o‘zlari uchun hayotiy muhim bo‘lmagan funksiyalarini autsorsing munosabatlariga topshirib eng kam vaqt va xarajat ketayotganligidan manfaatdor bo‘lsalar, boshqa tomondan buning oqibatida o‘zlarida mavjud bo‘lgan bo‘limlarning yopilishiga olib kelishmoqda. Bunda tadbirkorlarimiz  “Eng yaxshi bajarishing mumkin bo‘lgan funksiyalarni o‘zingda qoldirib, eng yaxshi bajarishi mumkin bo‘lgan funksiyalarni boshqalarga topshir” kabi prinsipda ishlashmoqda. O‘zbekistonda autsorsing munosabatlarining rivojlanib ketishi mumkin bo‘lgan qator omillar mavjud bo‘lib, davlat tomonidan chiqarilayotgan qonunchilikning o‘zi bu munosabatlarni mustahkamlab bormoqda, albatta har bir tadbirkor o‘zi uchun qulay bo‘lgan yo‘ldan borib o‘zining faoliyatini unumli ravishda kuchaytirishga intilgani kabi ushbu munosabatga ehtiyoj kundan-kunga ortmoqda, faqat tadbirkorlarimizga ushbu qulay biznes jarayonning chuqurroq o‘rgatish uchun har xil turdagi o‘quv-seminar mashg‘ulotlari, alohida o‘quv kurslari, autsorsing bo‘yicha milliy ko‘rgazma tashkil qilinishi lozimligi zamon talabi bo‘lib turibdi. “AUTSOURCING UZBEKISTAN” milliy ko‘rgazmasini doimiy ravishda tashkil qilish kerakligi shundaki tadbirkorlar ushbu xizmatlar va biznes-jarayonlar bilan tanishib chiqib o‘zining kompaniyasining samaradorligini oshirishi mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga autsorsing munosabatlarini tartibga soladigan qonun hujjatini ham yaratishimiz kerak, sababi ushbu munosabat rivojlanib borgani sayin mavjud bo‘lgan qonunchiligimiz bilan tartibga keltirish qiyinlashib boradi, shuning uchun ham albatta “Autsorsing shartnomasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqib, qonun darajasida qabul qilishimiz kerak. Autsorsing xizmatlarini taklif qilayotgan kompaniyalar faoliyatini jahon standartlariga javob beradigan darajaga ko‘tarish va ularni har taraflama qo‘llab-quvvatlash orqali mahalliy kompaniyalarning nafaqat milliy iqtisodiyotimizdagi, balki jahon bozorida ham muvaffaqiyatli rivojlanishini ta’minlashimiz mumkin. 


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining sudyasi S.L.Anvarov