Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Mustaqillik ob’yektlari:SURXTEPADA YANGI BOGʻCHA OCHILDI

×

 2023-08-29 10:21:52    1296

PDF yuklash
Chop etish


"Surxtepa" mahalla fuqarolar yig‘inida "Muhayyo" nomli xususiy bog‘chaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi Vosiljon Nazarov, shahar prokurori Sherzodjon Mavlonov, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda mahalla xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. 
Tadbir avvalida shahar hokimi yig‘ilganlarni Davlatimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami bilan muborakbod etdi. Shundan so‘ng mehmonlar tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. 
Tadbirkor Muhayyoxon Jo‘rayeva tomonidan ushbu xususiy bog‘chaning ochilishi hisobiga 50 nafar tarbiyalanuvchilarning qamrab olindi va o‘n nafarga yaqin fuqarolarning bandligi ta’minlandi. Hokim yordamchisi Ra’noxon Xojibolayevaning tavsiyasiga ko‘ra, tadbirkorga 250 mln. so‘m imtiyozli kredit ajratildi. 
Muassasa rahbarining ta’kidlashicha, ijtimoiy daftarlarda bo‘lgan oilalarning farzandlarini tahsil olishlari uchun ham imkoniyat yaratilgan.