Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Mustaqillik ob’yektlari: Farg‘ona shahrida yangi klinika o‘z faoliyatini boshladi
2023-08-28 10:58:25 1422
Tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali shifokor Nigoraxon Abdurahmonova rahbarligida ochilgan "Dinastiya med" klinikasining asosiy yo‘nalishlari - reproduktiv va oila salomatligi, bepushtlik, xomiladorlikkacha, xomiladorlik va tug‘ruqdan keyingi davrlarning kechishi hisoblanadi.
Loyihaning ishga tushirilishi uchun 4 mlrd. so‘m mablag‘ sarf etildi. 25 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Klinikada kardiologiya, urologiya, endokrinologiya, gastroenterologiya va genetik tekshiruvlar ham yo‘lga qo‘yilgan. Klinikaning ochilish marosimida tibbiyot sohasi xodimlari va faxriylari, Farg‘ona shahar hokimi o‘rinbosari Dilshodaxon Xolmatova hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tibbiyot muassasasining ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar yangi klinika viloyatimiz va shahrimiz aholisi uchun Mustaqilligimizning 32 yilligi bayrami arafasida ajoyib sovg‘a bo‘lganligini ta’kidlab o‘tishdi.