Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg‘ona shahrilik besh nafar xotin-qizlar tavsiya asosida talaba bo‘lishdi
2023-08-28 10:40:19 1434
Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda xotin-qizlarga yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda. Jumladan, kam ta’minlangan, ehtiyojmand hamda nogironligi bor bo‘lgan xotin-qizlarga oliy o‘quv yurti talabasi bo‘lishlari uchun imtiyoz va qo‘shimcha kvotalar ajratilmoqda.
Joriy yilda Farg‘ona shahrilik besh nafar xotin-qizlarga mazkur imtiyozlar va kvotalar ajratildi. Kuni kecha Farg‘ona shahar hokimi o‘rinbosari Dilshodaxon Xolmatova talabalik baxti nasib qilgan xotin-qizlar bilan uchrashdi. Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan xotin-qizlar ularga berilayotgan e’tibor va yaratilgan imkoniyatlardan mamnunliklarini ta’kidlashib, Davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.