Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Tergov hibsxonasidagi xotin-qizlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
2023-08-25 16:00:24 1344
Farg‘ona viloyati va shahar hokimliklari, viloyat prokuraturasi, oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda shahar bo‘limi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi, shuningdek jazoni ijro etish Departamenti 2-mintaqaviy hudud 10-son tergov hibsxonasi hamkorligida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
10-son tergov hibsxonasida vaqtincha jazo muddatini o‘tayotgan barcha xotin-qizlar 20 ga yaqin malakali shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularda aniqlangan kasalliklar bo‘yicha 300 mln. so‘m miqdordagi dori-darmonlar ajratildi.
Jarayonlarda viloyat prokuraturasi vakillari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Komilaxon Kavlonova, shahar bo‘limi boshlig‘i Dilshodaxon Xolmatovalar ham ishtirok etishdi. Mas’ullar mahbuslar bilan suhbatlar o‘tkazishdi. Ularga yaratilgan sharoitlarni o‘rganishdi.
Hibsxonadagi xotin-qizlar berilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklardan mamnun ekanliklarini ta’kidlab o‘tishdi.