Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
#Оила_муқаддас_даргоҳ “Biz ajrimga qarshimiz!" shiori ostida davra suhbatlari o‘tkazilmoqda
2023-08-21 10:15:10 1615
Farg‘ona shahar hokimligi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi va “Oqila ayollar” harakati hamkorligida shahardagi “Ibn Sino”, “Yulduz” va “Barkamol” mahalla fuqarolar yig‘inlari fuqarolari uchun “Oila - muqaddas dargoh!" va "Biz ajrimga qarshimiz!" mavzularida davra suxbati o‘tkazildi.
Davra suxbatining asosiy maqsadi notinch va muammoli oilalarni o‘z vaqtida aniqlash, ulardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, nizoli xolatlar va oilaviy ajrimlarni oldini olish, mahallalarda sog‘lom turmush tarzini tatbiq etish, oilaviy munosabatlarni yaxshilashga qaratishdan iboratdir.
Davra suhbatida so‘zga chiqqan "Yuksalish" umummilliy harakati Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari N.Elchiyeva, Farg‘ona viloyat hokimligining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassisi D.Gʻofurova, Farg‘ona viloyati “Mehrjon” ayollar va bolalar markazi psixologi M.Uzoqova, xalq deputatlari shahar Kengashi deputati, Farg‘ona shahar “Oqila ayollar” harakati yetakchisi Sh.Axunovalar oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, zo‘ravonlikka uchragan ayollar va ularning farzandlari, ijtimoiy ximoyaga muhtoj qatlamlardan bo‘lgan ayollar va qizlarning turmush tarzi va farovonligini oshirish bo‘yicha o‘z-fikr mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
Tadbir davomida Farg‘ona viloyati Xotin-qizlar tadbirkorligi o‘quv markazi rahbari I.Mamatxonova tomonidan tadbirkorlik qilish istagini bildirib, o‘quv kursini tamomlagan 15 nafar xotin-qizlarga sertifikatlar topshirildi.
Davra suhbati yakunida “Ibn Sino”, “Yulduz” va “Barkamol” mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat olib borayotgan bir guruh harakat a’zolari va faollariga “Oqila ayollar” harakatining sovg‘alari topshirildi.