Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining oltinchi chaqiriq to‘qson uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

×

 2023-08-16 10:24:51    1501

PDF yuklash
Chop etish


Unda kun tartibiga kiritilgan masalaga daxldor tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar. Sessiya ishini Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov ochdi va olib bordi. 

Sessiyada dastlab shaharda odil sudlovni amalga oshirish borasida 2023-yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi belgilangan ishlardan(tadbirlar) kutilayotgan natijalar haqida jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Kamoliddin Rahimov, fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudi raisi Ulug‘bek Oripov, Farg‘ona tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Tohirjon Mamatojiyev, Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudi raisi Solijon Qurbonov axborotlari eshitildi.

Shundan so‘ng, shahardagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti borasida 2023-yil birinchi yarim yillik davrida amalga oshirgan ishlari yuzasidan Farg‘ona shahar adliya bo‘limi boshlig‘i Murodjon Qodiraliyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan 2023-yil birinchi yarim yillik davrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahar bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Otabek Norboyevlarning ham ma’ruzalari tinglandi.

Shuningdek, sessiya ishi davomida joriy yilning 6 oyi davomida «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi hisobidan ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha ham hisobot berildi. Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan muhokama, taklif va mulohazalardan so‘ng qaror loyihalari bir ovozdan qabul qilindi.


Farg‘ona shahar hokimligi Axborot xizmati