Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"BO‘STON" MAHALLASINING ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA
2023-08-16 10:12:53 1419
Farg‘ona shahrining “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida loyiha asosida past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash hamda modernizasiya qilish ishlari davom etmoqda. Loyiha asosida hududda 282 dona yangi temir-beton tayanchlarini o‘rnatish, 7,1 km uzunlikdagi 0,4 kVli yangi elektr uzatish kabel tarmog‘ini tortish hamda 4 dona transformator punktini quvvatini katta quvvatlisiga almashtirish, yangilash ishlari rejalashtirilgan.
Ayni vaqtda, hududga yetkazilgan yangi temir-beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.Loyiha yakuni bilan, mahalladagi 600 dan ortiq xonadonning elektr ta’minoti yaxshilanadi.
Hududlarda bu kabi amaliy ishlar davom etmoqda.