Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Monitoring o‘rganishlari davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi

×

 2023-07-04 16:39:11    1422

PDF yuklash
Chop etish


        Oliy Majlis Inson xuquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyati mintaqaviy vakili tomonidan Farg‘ona shaxridagi “Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyida monitoring olib borildi.

     Aniqlanishicha, ushbu “Saxovat uyi” jami 264 nafar bemorlarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘lib, xozirda 146 nafar bemorlar davolanib yashab kelishmoqda. Ushbu davolash muassasasida davolanayotganlarning aksariyat qismini  boquvchisi va qaramog‘ida xech kimi yo‘q, yolgiz va nogironligi bo‘lgan bemorlar tashkil etadi. Ulardan ayollar 47 nafar, erkaklar 99 nafar bo‘lib,  I-gurux nogironlari 14 nafar, II- gurux nogironlari 19 nafardan iborat.  Bolalikdan nogironlar 19 nafar, o‘zgalar parvarishiga muxtojlar (mustaqil yurolmaydiganlar) 29 nafar, yordamchi vositalar bilan yuruvchilar 37 nafar, o‘zgalar parvarishiga muxtoj bo‘lmaganlar 80 nafardir.

     Bemorlarga  jami 94 nafar  xodimlar, ya’ni 8 ta shifokor, 39 ta xamshira va 47 ta kichik tibbiyot xodimlari xizmat   qiladi.

   “Saxovat uyi”dagi oshxona ko‘zdan kechirilganda belgilangan menyularga asosan taomlar tayyorlanib, oziq-ovqat maxsulotlari to‘liq va taomnomaga mos ravishda 5 mahal  berilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

   Monitoring  jarayonida “Saxovat uyi”dagi bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat, ularga yaratilgan sharoitlar,  oziq-ovqat va dori-darmon ta’minoti  o‘rganildi. Davolanayotgan bemorlarning 16 nafari bilan ommaviy, 6 nafari bilan yakkama-yakka uchrashib, suxbatlar o‘tkazildi.

    Farg‘ona shaxar “Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyida yashovchi Xoliqov Sobitjon Ombudsmanning mintaqaviy vakiliga telefon orqali og‘zaki ravishda murojaat qilib,  bolalikdan 1-gurux nogironi ekanligi, nogiron bo‘lganligi uchun nafaqa tayinlanishida amaliy yordam berishni so‘ragan.

      Uning murojaati qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 23.03.2023 yil kungi 119-sonli qarorining 2-ilovasiga ko‘ra “O‘zgalar parvarishiga muxtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muxtoj yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga qo‘shimcha to‘lov tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan. Ushbu Nizom talablariga ko‘ra 1-gurux nogironi bo‘lgan fuqaro S.Xoliqovga nafaqa tayinlanishi ko‘zda tutilgan.

       Xozirda S.Xoliqovga jami 833 750 so‘m nafaqa tayinlangan bo‘lib, “Saxovat” internat uyida yashayotganligi sababli  tayinlangan summaning 20 foizi miqdorida, ya’ni xar oyda 166 750 so‘m  nafaqa xisoblanib, to‘lov amalga oshirilishi ta’minlanib kelmoqda.

      Fuqaro S.Xoliqov monitoring jarayonida Ombudsmanning mintaqaviy vakili bilan uchrashib, o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Bolalikdan 1- gurux nogironligi bo‘lgan bemorlar X.Usmonova  va X.Boboyeva, K.To‘xtasinovalar bilan uchrashib, suxbat o‘tkazilganda ular uzoq yillardan buyon muassasada   yashab, davolanib kelayotganliklari, o‘z vaqtida kerakli muolajalar o‘tkazilayotganligi, tibbiyot xizmatidan e’tirozlari yo‘qligi, oziq-ovqat ta’minotidan xam shikoyatlari yuqligini bildirdilar. Bemorlar o‘z vaqtlaridan unumli foydalanishlari va o‘zlari xoxlagan ishlari bilan shug‘ullanishlari uchun xamma shart-sharoitlar yaratilganligini ma’lum qildilar.

     Jumladan,  bemorlar X.Usmonova va X.Boboyevalar qo‘l san’ati uslubida  o‘zbek milliy kashtachilik buyumlarini tayyorlashib, yaratgan asarlarini xaridorlarga bozor narxlaridan kelib chiqqan xolda sotib, daromad olayotganliklarini bildirdilar.

     Monitoring o‘rganishlari davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.


A.Kamilov,

Ombudsmanning Farg‘ona viloyati 

mintaqaviy vakili.