Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Bolalikdan nogironligi bo‘lgan va hozirda “Saxovat uyi”da yashovchi fuqaroga nafaqa tayinlandi

×

 2023-07-04 16:26:24    1488

PDF yuklash
Chop etish


   Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilovga Farg‘ona shahar “Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyida yashovchi X.S. nafaqa tayinlanishida yordam berish bo‘yicha murojaat qildi.

     Bolalikdan 1-guruh nogironi bo‘lgan fuqaroning murojaati qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.03.2023 yil kungi 119-sonli qarorining 2-ilovasiga ko‘ra “O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga qo‘shimcha to‘lov tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan.

     Ushbu Nizom talablariga ko‘ra 1-guruh nogironi bo‘lgan fuqaro X.S.ga nafaqa tayinlanishi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat qilindi. Natijada fuqaroga 833 750 so‘m nafaqa tayinlandi. Uning “Saxovat” internat uyida yashayotganligi sababli har oyda tayinlangan summaning 20 foizi murojaatchiga o‘tkazib berilmoqda.